13 mar 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov ertangi jangi oldidan tarozidan o'tdi
Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ertaga tongda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu bahsda bokschimizga Xaver Flores (15-2, 13 KO) raqiblik qiladi. Avvalroq ushbu jang bekor qilingani va Qudratillo boshqa raqibga qarshi ringga ko'tarilishi haqida xabar qilingandi. Ammo Puerto-Riko bokschisi tibbiy ko'riklardan o'tgan va ushbu jang ertaga amalga oshadigan bo'ldi.
Bugun bokschilar bahs oldidan tarozidan o'tishdi. Unga ko'ra, Qudratillo 66,2 kg vazn qayd etdi va belgilangan meyorni bajardi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar