18 okt 21:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov ishtirokidagi jangni qanday qilib tomosha qilish mumkin?
Ertaga tongda Filadelfiyada boks bo'yicha jang oqshomi tashkil qilinadi.
Unda o'zbek professional bokschilari ichidagi eng yuqori reytingga ega bo'lgan charm qo'lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov amerikalik Luis Kollazoga qarshi ringga ko'tariladi.
Ko'pchilik muxlislarimizni mazkur jang translyaciyasi bilan bog'liq savol qiziqtirmoqda. Malum bo'lishicha, ushbu jangni Rossiyaning "Pervyy kanal" hamda Ukrainaning "Inter" kanallari, shuningdek AQSHning ESPN telekanallari namoyish etadi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 07:00 dan so'ng boshlanadi.
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Artur Beterbiev ukrainalik Aleksandr Gvozdikka qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar