05 noy 10:02
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorov: “Jangim 18 noyabr kuni Andijonda o'tkaziladi, raqib malum”
Aslida hamyurtimiz shu oyida AQSH zaminidagi ilk jangini o'tkazishi kerak edi.
“Afsuski, viza muddatini o'z vaqtida uzaytira olmaganimiz sababli O'zbekistonga qaytib keldik. Men bilan birga Azizbek Abdug'ofurov ham qaytdi. Endi 18 noyabr kuni ikkimiz ham Andijonda tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga chiqamiz.
Mening raqibim malum bo'lgan. U o'zbekistonlik bokschi
SHerzod Alimjonovdir. Bu ikkimiz uchun ham reyting jangi bo'ladi. Azizbekning
raqibi rossiyalik bokschi bo'lishi kerak edi. Lekin bizga aytishlaricha, rossiyalikning
murabbiylari rejani o'zgartirishgan.
Nasib qilsa, dekabr oyida yana AQSHga jo'nab ketaman. Rejaga ko'ra, yanvar oyida jahon chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilaman. Hozir eng nufuzli hisoblangan WBC yo'nalishi reytingida 5-o'rinni egallab turibman”, - dedi saytimizga bergan intervyusida Abduqahhorov.
Fikrlar