14 mar 09:11
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorov uzoq tanaffusdan so'ng jang o'tkazdi. Bahs muddatidan oldin yakunlandi
Bungacha viza bilan bog'liq muammo sabab o'z jangini o'tkaza olmagan bokschimiz bugun Puerto-Riko vakili Xaver Flores bilan to'qnash keldi.
10 raundga mo'ljallangan jang 8-raunddan keyin nihoyasiga etdi. Hamyurtimiz bahs davomida ustunlikka erishdi. Sakkizinchi raundga kelib u raqibga bosimni yanada kuchaytirdi va bokschimizning ketma-ket bergan zarbalaridan so'ng, raqib jangni davom ettirishni istamadi. Aniqrog'i, Flores to'qqizinchi raunddan so'ng jangni davom ettira olmadi.
Bu orqali Qudratillo prof faoliyatidagi 18-jangida 18-g'alabasini qo'lga kiritdi (10 ta nokaut).
www.olamsport.com sayti erishilgan g'alaba bilan bokschimizni muborakbod etadi va navbatdagi janglarda bokschimizga chempionlik uchun jang qilib, kamarni O'zbekistonga olib kelishini tilaydi.
Fikrlar