18 okt 02:29
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorov va Kollaco taroziga chiqdi FOTOGALEREYA
Liacouras Center arenasida o'tkaziluvchi ushbu boks oqshomida mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan yurtdoshimiz Qudratillo Abduqahhorov ham ringga ko'tariladi. CHarm qo'lqop ustamizning raqibi Luis Kollaco bo'ladi.
Bugun biroz avval boks oqshomi ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. (Qudratillo - 147,1 funt, Kollazo -146,4) Anderkart maqomidagi jang 10 raundga mo'ljallangan.
Malumot uchun, amerikalik 38 yoshli bokschi prof faoliyati davomida 46 ta jang o'tkazib, 39 tasida g'alaba qozongan. Yigirmata jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Ettita jangda yutqazgan va ikki bor o'zi nokautga uchragan. Amir Xan, Kit Turman, Viktor Ortiz, Rikki Xatton, SHeyn Mosli singari mashhur chempionlarga qarshi jang o'tkazgan.
Fikrlar