21 iyu 20:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov: Viza chiqsa jangim bo'ladi
Avvalroq, Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini 26 sentyabr kuni AQSHda o'tkazishi haqida xabar qilingandi.
Bugun bokschimiz Instagramdagi sahifasi orqali AQSHga borish uchun viza masalasi nomalum bo'lib turgani haqida malumot berdi.
"Assalomu alaykum aziz vatandoshlar, bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimiz. Hozirda Amerikaga kirish huquqini beruvchi vizani kutyapmiz. Karantin sababli viza aniq bo'lmayapti. Xudo xohlasa viza chiqsa 26 sentyabrda jangim bo'ladi. Inshallah, IBF kamari uchun Sergey Lipinecga qarshi jang bo'ladi. Duo qilib turinglar, Xudo xohlasa chempionlik kamarini vatanimizga olib kelaman", - deb xabar qoldirgan Qudratillo Abduqahhorov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar