25 fev 19:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorovning birinchi hamda eng katta gonorari qancha?
SHu kunlarda professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov Toshkentda bo'lajak jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Avval xabar berganimizdek, u 30 mart kuni AQSHda yaponiyalik Keyta Obaraga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang g'olibi IBF chempionlik kamari uchun ringga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Bugun bokschimiz saytimiz mehmoni bo'ldi va bir nechta qiziqarli malumotlarni oshkor qildi. Muxlislar tomonidan berilgan birinchi hamda eng katta gonoraringiz qancha bo'lgan, degan savol Qudratillo shunday javob berdi.
"Adashmasam birinchi gonorarim 5 000 AQSH dollari miqdorida bo'lgan edi. Gonorarimni to'laligicha ota-onamga berganman. Eng katta gonorarim esa 30 000 AQSH dollari bo'lgan", - dedi Abduqahhorov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar