17 mar 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorovning ehtimoliy raqibi aniq - Spens!
Yarim o'rta vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Errol Spens bugun Arlingtonda o'tkazilgan jangda Mayki Garsiyaga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq 12 raund davom etgan chempionlik jangida hakamlar bir ovozdan - 120-107, 120-108, 120-108 hisobida Spensning g'alabasini qayd etishdi.
Bu Spens uchun faoliyatidagi 25-g'alaba bo'ldi. U endi 5ta vazn toifasida jahon chempioni! Garsiya esa 40-jangiga kelib, ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Endi Spens Qudratillo Abduqahhorov - Keita Obara jangi g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi va o'ziga tegishli bo'lgan IBF chempionlik kamarini himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar