So’nggi yangiliklar

19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0

19 okt 08:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorovning Kollazoga qarshi jangi 10 raund davom etdi

Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov Filadelfiyadagi boks oqshomida ringga ko'tarildi.

Gvozdik hamda Beterbiev o'rtasidagi jang oqshomidagi andekart jangda hamyurtimizga 38 yoshli amerikalik bokschi Luis Kollazo raqiblik qildi. 

10 raundga mo'ljallangan jang bir necha soniyalar qolganida yakuniga etdi. Aniqrog'i, 10-raundda Qudratilloning zarbalaridan so'ng Kollazoning qoshi yorilib ketdi va g'olib ochkolarga ko'ra aniqlandi. Jang yakuniga ko'ra hakamlar Qudratilloning 99-91, 97-93, 98-92 hisobidagi g'alabasini qayd etishdi. SHu tariqa, Qudratillo navbatdagi jangida ham g'alaba qozondi.

Malumot uchun, Qudratillo shu kungacha prof boksda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 17 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). Kollazo uchun esa bugungi jang professional ringdagi 47-si bo'ldi. Kollazo Ularning 39 tasida g'alaba qozongan (20 ta nokaut). 8 ta bahsda mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut). 

Eslatib o'tamiz, Qudratillo o'z vaznida IBF kamari uchun asosiy davogar hisoblanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
19 okt 08:23:19
Dilshot Solihov
Ajoyib g'alaba qudratillada rangbaranglikka gap yo'q lekin raqib xaqiqatanam kuchli ekan ayniqsa sakizinchi ravunta Qudratilaga oson bo'madi. Qudratillani yagona kamchilgi zarba kuchi shunixam shakilantirsa zo'r bo'lardi. Aniq zarba yo'lash va ximoyalanish vaxtida kanattan chiqib ketish xamda vaziyatni xis qilishiga gap yo'q. Xa etkancha jangni LIVE qilgan Qozoqistonni (xabar kanaliga raxmat)
   
19 okt 22:33:03
Navroz Hojibekov
Sport tv faqat Shohijahon,Shahram,Isroil,Murodjonlarni jangini oberadi bilmadim negaki Qudratullo Abduqahorovni hecham jangini jonli oberishmaydi nega!
   
19 okt 09:35:12
Ilyosxon Akramov
Нега бирчи каналдан обермади?
   
19 okt 09:00:16
Sinchiklab kuzatuvchi
Ex attang. Biza 1 kanallani aylanovurib körolmadik!!!!!
Qudratilloga omad. Keyingisida yutib kamarni obkesen Uzbekistonga
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing