28 jan 11:38
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jang manzili, sanasi va raqibi malum!
Abduqahhorov 30 mart kuni AQSHda yaponiyalik Keyta Obaraga qarshi ringga ko'tariladi. Bu malumotni biz bilan bo'lgan suhbatda charm qo'lqop ustamizning o'zi ham tasdiqladi.
Aslida ushbu jang Malayziyada o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Lekin bizga nomalum sabablarga ko'ra jang bekor qilindi. O'z vaqtida WBC Silver chempionlik kamarini himoya qila olmagan hamyurtimiz bu kamardan voz kechdi.
Abduqahhorov va Obara o'rtasidagi jang yarim o'rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun saralash jangi vazifasini o'tab beradi. G'olib bokschi keyingi jangini rosmana chempionlik kamari uchun o'tkazish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KOs) professional boksdagi faoliyati davomida 15ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Obara esa prof boksdagi 12 yillik faoliyati davomida 24ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 20tasida g'alaba qozongan. O'n sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Uchta jangda mag'lubiyatga uchragan va etiborlisi barchasida nokautni qabul qilib olgan. Bitta jang durang bilan yakunlangan.
Fikrlar