18 jan 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jang sanasi malum
WBC reytingida beshinchi o'rinda qayd etilgan o'zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov faoliyatidagi 14-jangini qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
Hamyurtimiz navbatdagi jangini 24 fevral kuni AQSHda o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqida Qudratillo www.olamsport.com saytiga malum qildi. Hozircha o'sha kungi jangda bokschimizga kim raqiblik qilishi nomalum. Ayni paytda u Toshkentda va murabbiyi qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
Malumot uchun, 2015 yilda professional ringdagi faoliyatini boshlagan Qudratillo bugungi kungacha 13ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. SHulardan 9tasida u raqiblarini nokautga uchratgan.
Eslatib o'tamiz, u yanvar oyida elon qilingan reytingda beshinchi o'rinda qayd etilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar