05 noy 07:57
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22033_220.jpg)
Qudratillo AQSHdan qaytib keldi, jang Andijonga ko'chirildi
WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov AQSHda bo'lib turgan va rejaga ko'ra 18 noyabr kuni okean ortida Amerika zaminidagi ilk jangini o'tkazishi kerak edi.
Lekin kuni kecha hamyurtimiz kutilmaganda O'zbekistonga qaytib keldi. Uning saytimizga bergan xabariga ko'ra, bunga viza muddatining tugab qolishi sabab bo'lgan. U yana bir professinal bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov bilan birga Toshkentga qaytgan.
Malumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov ayni paytda WBC yo'nalishi reytingida 5-o'rinni egallab turibdi va katta ehtimol bilan kelasi yili u oltin chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. Hozircha u 18 noyabr kuni Andijonda reyting jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar