18 noy 21:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22966_220.jpg)
Qudratillo oqshomning markaziy jangida oson g'alabaga erishdi
Bugun Andijon viloyatining Xonobod shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Qudratillo Abduqahhorov ishtirokida bo'lib o'tdi. WBC Silver chempionlik kamari sohibi bo'lgan hamyurtimiz SHerzod Olimjonovga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n raundga mo'ljallangan ushbu jang muddatidan ancha
avval yakunlandi. Ikkinchi raunddan so'ng Olimjonovning murabbiylari jangni davom ettirmaslikni
lozim topib, mag'lubiyatni tan olishdi. Bugungi jang Qudratillo uchun AQSH safari
oldidan sinov vazifasini o'tab berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar