01 avg 09:34
Yangiliklar

Qudratilloning bo'lajak raqiblari - Spens vs Garsiya: CHempionlik jangi sanasi malum!
Yarim o'rta vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Errol Spens (26-0, 21 KO) hamda Denni Grasiya (36-2, 21 KO) shartnomaga imzo chekkanliklari haqida o'zlarining Twitter sahifalarida xabar berishdi. CHempionlik jangi 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Jangni pullik (PPV) tizimda FOX telekanali translyaciya qiladi.
"Jang shartnomasiga imzo chekdik. Divizion qiroli qaytmoqda. 21 noyabr kuni FOX telekanalida Denni Garsiyaga qarshi jangimni tomosha qiling", - deya xabar qoldirgan Spens.
Keyinroq bu malumotni Garsiyaning o'zi ham tasdiqlagan.
"Nihoyat! 21 noyabr kuni Spensga qarshi ringga chiqaman. SHartnomaga imzo chekdim. Mening 10-chempionlik jangim. Yana qirol bo'lish fursati etdi", - deya qo'shimcha qildi Denni.
Fikrlar