17 okt 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratilloning ehtimoliy raqibi avtofalokatdan keyingi holatini malum qildi
Yarimo'rta vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Errol Spens bir necha kun oldin jiddiy avtofalokatga uchragandi.
Bokschi bugun Dallasdagi kasalxonadan chiqdi va o'z holati haqida malumot berdi.
"Xech qanday singan suyaklar yo'q. Men yovvoyiman", - deb xabar qoldirdi bokschi Instagramida. Ammo, keyinchalik u ushbu postini o'chirib tashladi.
Malumotlarga qaraganda, bokschi mashinasida avariya bo'lganida spirtli ichimlik istemol qilgan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Errol Spensdagi IBF kamariga o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov birinchi raqamli davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar