14 mar 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratilloning jangi 8-raunddan keyin yakunlandi. Hakamlar ungacha qanday ochko qo'yishgandi?
Xabaringiz bor, bugun professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov AQSHda o'tkazilgan jangda g'alabaga erishdi.
Puerto-Riko bokschisi Xaver Flores sakkizinchi raunddan so'ng jangni davom ettira olmasligini malum qildi va shu tariqa Qudratillo Abduqahhorov jangda muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
To'qqizinchi raund boshlangunga qadar esa uch nafar hakamning barchasi Qudratilloning 80-71 hisobidagi g'alabasini qayd etib borayotgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar