So’nggi yangiliklar

11:13Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин 0 10:52Нурсултон Рўзибоев рақибига мурожаат қилди (ФОТО) 0 10:31Алькараз Жокович, Надаль ва Федерернинг натижасини такрорлади 0 10:10Топурия Махачевга рад жавобини берди: "Навбатга тур" 0 09:49Sofascore. Шомуродов “Милан“га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:28Шаҳноза Мирзиёева ўзбек пара дзюдосида янги саҳифа очган Улжон Амриевани табриклади 0 09:07Икки ҳафта давом этган Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 08:44Sharjah Masters. Нодирбек Абдусатторов яна қийин вазиятдан чиқиб кетди, Ниғматов ва Воҳидовда ғалаба 0 08:23“Олимпико“ Клаудио Раньери билан чиройли хайрлашди + ФОТО 0 23:04"Кроуфорд Мадримов томонидан фош этилди" - Оскар де ла Хойя 0 18:29Илия Топурия бир неча жангдан сўнг вазнини ўзгартирмоқчи 0 17:32"Махачев ўрнида бўлганимда аввал Топурия, тўрт ой ўтиб Маддалена билан жанг қилардим" - Пимблетт 0 16:44Пара велоспорт: Тарихда илк бор жаҳон кубогининг гуруҳ пойгасида биринчи бўлдик! 0 16:23Нурсултон Рўзибоев "вызов" ташлаган жангчи ким? 0 15:41Де Брюйне фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттиришини истисно қилмади 0

20 avg 14:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Quvonchbek Tayg'onboev: “Esda qolarli jangim Toshkentda bo'lgan”

Mamlakatimizda Andijon boks maktabi beqiyos o'rin tutishi barchaga birdek malum. Ushbu dargohdan ko'plab yurtimiz iftixorlariga aylangan ajoyib bokschilar etishib chiqqan.

Muhammadqodir Abdullaev, Ruslan CHagaev, O'tkirbek Haydarov... bu nomlarni sanash mumkin. Lekin ular orasida profi boksda salmoqli natijalarni qayd etgan Quvonchbek Tayg'onboev muxlislarning yoqimtoyi edi desam yanglishmagan bo'laman.

Uning ringdagi o'ziga xos harakatlari va hujumkor boks namoyish etishi, eng asosiysi, boks tili bilan aytganda “pancher” ekanligi bilan ham boks ixlosmandlarida ulkan taassurot qoldirgan edi. Garchi, uning boksdagi faoliyati qisqaroq bo'lgan  bo'lsada, jahon ringlarida o'zbek boksining kuchi qay darajada yuqori ekanligini namoyish eta oldi.


Bazan, bu sport turi ixlosmandlari bilan suxbatlashib qolsam, Quvonchbek Tayg'onboev haqida iliq fikrlar bildirishadi va o'z o'rnida bokschimiz borasida malumotlar kam ekanligini ham ko'p bora takrorlashadi. SHuning uchun, charm qo'lqop ustamiz borasidagi malumotlar, hozirda nima bilan mashg'ul ekanligi haqidagi yangiliklar muxlislarni befarq qoldirmasligini inobatga olib, Quvonch Tayg'onboevni muxlis minbari sahifamizga taklif etdik.

“NEWS ARENA” MA'LUMOTNOMASI

Quvonchbek Tayg'onboev – 1976 yil 9 fevralda Andijon shahrida tavallud topgan. Profi boksda 35 ta jang o'tkazib, 30 bora g'alabaga erishgan. 19 bora raqiblarini nokautga uchratgan. Tinch-Okeaniya mintaqasi WBO kamarini uch bor himoya qilgan. Havaskor boksda ikki karra Osiyo chempioni, bir qator xalqaro turnirlar g'olibi. Jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Izzatbek Adhamov – talaba

–Odatda, insonlar jangovar sport turiga kirib kelishiga turli voqealar sabab bo'ladi. Misol uchun, birortasidan kaltak esa yoki kimdir kamsitsa...

– To'g'ri? shunday voqealar hayotda ko'plab uchraydi. Lekin kaminada bunday bo'lmagan. Yoshligimda juda nozik edim. Aslida, 7 oylik tug'ilgan edimda.  Dadam esa bunday nozik  bo'lishimni xoxlamagan. SHuning uchun ham boksga borishimni talab qilgan. Dadamning qarori bilan akam ortidan boksga bora boshladim va bu sport keyinchalik hayotim mazmuniga aylandi.

Faxriddin Oqbolaev – energetik

–Sizni faqat profi boksdagi janglaringiz va natijalaringizdan xabardormiz. Havaskor boksda qanday natijalar qayd etgansiz?

–Havaskorda ham yomon natijalar qayd etmaganman. O'zbekiston chempioni bo'lganman. Ikki karra Osiyo chempionligiga erishganman. Profi boksga o'tishim havaskorda natija qayd eta olmaganligimdan emas. Aksincha, profiga bo'lgan qiziqish yuqori edi.

Jasur Aslanov –jurnalist

–Eng muvaffaqiyatli jangingizni Toshkentda bo'lib o'tgan shoudagi deb ayta olasizmi?

–SHubhasiz. CHunki, faoliyatimda o'sha jangdagidek hayajon boshqa bo'lmagan. CHunki xalqimiz ko'z o'ngida profi ringda birinchi bor jang o'tkazishim edi. Qolaversa, akamiz Taymas Niyozov bir qator mutassaddilar jangni kuzatish uchun kelganligini aytganda hayajon yanada kuchaydi. CHunki ular davlatimiz arboblari edi. Raqibim ham anoyi emasdi. SHunday bo'lsada, muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari orqali raqibimni nokautga uchrata olgandim. Bu jang darhaqiqat eng omadli va ajoyib jangim edi.

Donyor Uskenboev –haydovchi

–Faoliyatingiz davomida qanday mashhur bokschilar bilan jang olib borgansiz?

–Ko'plab mohir bokschilar bilan jang olib borishga muvaffaq bo'lganman. Narimon Atoev, Nurjan Smanov, ikki karra olimpiada chempioni Oleg Saitov. Eng mashhuri profi boksda Oba Karr bo'lgan. Bu bokschi Oskar de la Xoyya, Feliks Trinidad, Ayk Kvarteylar bilan chempionlik kamarlari uchun jang olib borgan.


Haydarali To'raev – o'qituvchi

– Bir necha yil avval Andijon boks maktabi mamlakatimizda etakchi edi. Hozirgi kunga kelib biroz mavqeini yo'qotib qo'ymayaptimi?

– Nega endi? Havaskor boksni olsangiz ham terma jamoada bir nechta viloyatimiz vakillari bor. Profi boksda ham guvohi bo'lgan bo'lsangiz Andijon boksi tarbiyalanuvchilari yaxshi natijalar qayd etayapti. To'g'ri, boshqa viloyatlarda ham boks jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Bunga sabab, faoliyatini tugatgan istedodli bokschilarning murabbiylik soxasiga kirib kelishi bo'lmoqda. Yani tajribali murabbiylar bilan ishga chanqoq yosh murabbiylarni uyg'unligi boksni mamlakatimiz bo'ylab rivojlanishiga xissa qo'shmoqda. Bu borada boksimiz tepasida turgan mutassaddi insonlarning ham o'rni ham muxim o'rin tutayapti.

SHahboz Ataboev – bank xodimi

– Nima deb o'ylaysiz? Muhammadqodir Abdullaev, O'tkir Haydarov, Rustam Saidov va sizning eng kuchga to'lgan vaqtinglardagi xolatinglar darajasidagi bokschilarimiz bormi hozirgi kunda?

– Bilasizmi, bu borada biror fikr bildirishdan yiroqman. Lekin terma jamoamiz azolari har qanday musobaqada o'z so'zini ayta oladi. Yaxshi saviyadagi bokschilarga egamiz. Har bir vazn toifasida raqobat kuchli bu esa yaxshi xolat hisoblanadi. SHu o'rinda Olimpiadada ishtirok etuvchi barcha ukalarimizga omad tilayman. Barchasi yaxshi natijalar qayd etib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishsin.


SHerzod Begimqulov – tadbirkor

– Akangiz faoliyatingiz mobaynidagi muxim shaxslardan biri bo'lsa kerak. CHunki hozirgi kunda mamlakatimizdagi kuchli murabbiylardan biri hisoblanadi?

– Albatta. Ziyoyiddin akam nafaqat boks borasida balki hayotiy tajribamda ham muxim o'rin tutadi. Xech qachon menga befarq bo'lmagan. Doimo talabchan bo'lgan. SHuning uchun ham muvaffaqiyatlarim zamirida akamni beminnat xizmatlari yotibdi.

Xursandbek Maxkamov – o'qituvchi

– Profida faoliyat olib borayotgan yosh hamyurtlarimiz borasida qanday fikrdasiz?

– O'zbekistonlik bokschilar har doim o'z mavqeyiga ega bo'lgan xoh havaskor boksda bo'lsin, xoh profida. Hozirgi kundagi avlodimiz ham chakki emas. Sanjar Rahmonov, Bahodir Mamajonovning natijalaridan xabardorman. Toshkentda bo'lib o'tgan jang kechasi ham kuchli bokschilar etishib chiqayotganidan darak berdi. Umuman olganda yomon emas. Lekin vaqtlar keladi-ki, qator-qator chempionlarga ega bo'lamiz.


Kamol Husanov – fermer

– Hozirda nima bilan bandsiz? Balki, murabbiylik soxasida o'zingizni sinab ko'rarsiz?

– Hozirgi kunda dam olish bilan bandman desam ham bo'laveradi. Murabbiylik qilish niyatim ham yo'q emas. Aslida, murabbiylik begona emas menga.

Vohid Egamov – nonvoy

– Professional boksdagi faoliyatingiz qachondan boshlangan?

– 21 yoshimdan boshlab yani 1997 yili. Ilk jangim CHikagoda bo'lgandi.

Ahmad ESHMATOV yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

+1   
20 avg 15:14:59
erkin
ҚУВОНЧБЕКНИ ЙЎҚОТИБ ҚУЙГАН ЭДИМ, БОРМИ БУ ПОЛВОН? БУНИ ЖАНГЛАРИНИ КЎРИБ ЎҒЛИМНИ ҚУВОНЧБЕК ДЕБ АТАГАНМАН! БОР БЎЛГИН АЗАМАТ!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing