19 avg 17:53
Yangiliklar
Futbol

Rabo va Rou kiyinish xonasidagi janjal tufayli "Marsel" mashg'ulotlaridan chetlashtirildi
Futbolchilar Adrien Rabo va Jonatan Rou janjal bois "Marsel"ning asosiy jamoasi mashg'ulotlaridan nomalum muddatga chetlashtirildi, deb xabar berdi "La Provence".
Liga 1'ning 1-turida "Renn"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) "Marsel" klubining kiyim almashtirish xonasida futbolchilar o'rtasida mushtlashuv kelib chiqdi.
Hammasi Roudan boshlandi, u tanqiddan g'azablanib, Raboga shapaloq tushirmoqchi bo'ldi. Xodimlar ularni ajratishdan oldin futbolchilar bir-biriga zarba berishga ulgurdi.
"Marsel" 23 avgust kuni Franciya chempionatining 2-turida "Parij"ga qarshi maydonga tushadi.
Havola :
Fikrlar