08 avg 14:27
Yangiliklar
Roy Jons Usik ishtirokidagi orzu qilingan jang haqida gapirdi
"Endi Usikning Verxuvenga qarshi jangidan so'ng, hamma Devid Benavides Aleksandr bilan jang qilishi kerakligini aytmoqda. Usik — murakkab raqib va bu Benavides uchun tarixiy jang bo'lardi.
Dmitriy Bivol ham Benavides uchun murakkab, balki undan ham qiyinroq raqib... Agar men Devid bo'lganimda, vazn tashlab o'tirmaslik uchun avvalo aynan Usik bilan jang qilgan bo'lardim.
Men haqiqatan ham Benavides Usikka Agit Kabaelga qaraganda jiddiyroq qarshilik ko'rsatadi deb o'ylayman", — deya Jonsning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik chempionlik kamarlaridan voz kechganidan so'ng, yana kamida bitta jang o'tkazmoqchi. Uning eng ehtimoliy raqibi esa tajribali og'ir vaznli bokschi Deontey Uaylder bo'ladi.
Devid Benavides o'zining so'nggi jangini birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazdi. U chempionlik jangida Xilberto Ramires ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Fikrlar