So’nggi yangiliklar

10:59Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Карим Бенземанинг "Ал Иттиҳод"и меҳмони бўлади 0 10:38Шумков Тошкентда Халоковга реванш беришга тайёр 0 10:17Карлос Алькарас Озодлик ҳайкалини татуировка қилди + ФОТО 0 09:56Алжамейн Стерлинг икки эҳтимолий рақибни айтди 0 09:35Sofascore. Энг юқори балл Файзуллаевда! Шомуродовчи? 0 09:14Нассурдин Имавов Чимаевни зарба эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:53Дрикус Дю Плесси октагонга қайтиш муддатини айтди 0 08:32Арман Царукян 10 январь куни собиқ PFL жангчисига қарши баҳс олиб боради + ПОСТЕР 0 08:11Нереснинг дубли "Наполи"га Италия Суперкубогини тақдим этди 0 07:50Шоҳжаҳон Эргашевнинг рақиби ўзгарди, у ҳинд боксчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0 07:29Адҳамжон Эргашев ва Муниса Одилова Қатарда шоҳсупага кўтарилди 0 07:08Таэквондочиларимиз йилни Жаҳон рейтинги пешқадамлари сифатида якунлашмоқда 0 19:02Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт 0 18:41Топурия Арман Царукян манзилига "тош отди": "У ички кийимини алмаштирсин!" 0 18:22IBA Халоков - Шумков жанги бўйича якуний қарорни маълум қилди 0

31 avg 08:46
Yangiliklar

Tennis

Rafa Nadal Open. Cultonovda kambek evaziga 1/2 finalga chiqdi

Teglar :  Humoyun Sultonov
Ispaniyaning Malorka shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 74,825 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Rafa Nadal Open by Movistar turniri tennis afsonasi Rafael Nadal tomonidan tashkil etilayotgani bilan ham ahamiyatli hisoblanadi. 

Sultonov ushbu turnirning asosiy to'riga saralash bahslaridagi g'alabasi evaziga etib kelgandi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ketma-ket uchta g'alabadan so'ng musobaqaning 1/2 finaliga yo'l oldi. Kecha u 1/4 finalda iordaniyalik Abedallah SHelbayhni irodali tarzda mag'lub etdi. Birinchi setni boy bergan tennischimiz yakunda g'alabani ilib ketdi - 2/6, 7/5, 6/2. 

Taqqoslash uchun, o'tgan hafta US Open saralash bahslarida bir g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan SHelbayx dunyoning 215-raketkasi bo'lib turibdi. Sultonov esa ATP reytingida 264-pog'onadan joy olgan. Kechagi uchrashuvda Humoyun 7, Abedallah esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Humoyunda ko'proq bo'ldi - 5 ga 3.      

Bugun vatandoshimiz musobaqaning 1/2 finalida dunyoning 134-raketkasi bo'lib turgan xorvatiyalik Duye Aydukovichga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 21:30da boshlanadi. Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi to'qnashuvi bo'ladi. 2022 yilning 22 aprel kuni Xorvatiyaning Split shahrida o'tkazilgan turnirning 1/4 finalida Humoyun 2/6, 7/5, 6/3 hisobida g'alaba qozongandi. O'shanda Aydukovich turnirning birinchi, Sultonov esa beshinchi raketkasi edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing