So’nggi yangiliklar

10:59Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Карим Бенземанинг "Ал Иттиҳод"и меҳмони бўлади 0 10:38Шумков Тошкентда Халоковга реванш беришга тайёр 0 10:17Карлос Алькарас Озодлик ҳайкалини татуировка қилди + ФОТО 0 09:56Алжамейн Стерлинг икки эҳтимолий рақибни айтди 0 09:35Sofascore. Энг юқори балл Файзуллаевда! Шомуродовчи? 0 09:14Нассурдин Имавов Чимаевни зарба эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:53Дрикус Дю Плесси октагонга қайтиш муддатини айтди 0 08:32Арман Царукян 10 январь куни собиқ PFL жангчисига қарши баҳс олиб боради + ПОСТЕР 0 08:11Нереснинг дубли "Наполи"га Италия Суперкубогини тақдим этди 0 07:50Шоҳжаҳон Эргашевнинг рақиби ўзгарди, у ҳинд боксчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0 07:29Адҳамжон Эргашев ва Муниса Одилова Қатарда шоҳсупага кўтарилди 0 07:08Таэквондочиларимиз йилни Жаҳон рейтинги пешқадамлари сифатида якунлашмоқда 0 19:02Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт 0 18:41Топурия Арман Царукян манзилига "тош отди": "У ички кийимини алмаштирсин!" 0 18:22IBA Халоков - Шумков жанги бўйича якуний қарорни маълум қилди 0

29 avg 08:45
Yangiliklar

Tennis

Rafa Nadal Open. Cultonovda uchinchi g'alaba, u 1/8 finalda!

Ispaniyaning Malorka shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.

Mukofot jamg'armasi 74,825 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Rafa Nadal Open by Movistar turniri tennis afsonasi Rafael Nadal tomonidan tashkil etilayotgani bilan ham ahamiyatli hisoblanadi. 

Saralash bahslarida birinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov 1/2 finalda italiyalik Fabricio Andaloroni 6/3, 6/1, final uchrashuvida esa reytingning 493-pog'onasida borayotgan franciyalik Sasha Geymar Vayenburgni 6/4, 6/4 hisobida taslim etgandi. 

Mamlakatimizning birinchi raketkasi asosiy to'rning 1/16 final bosqichida franciyalik 21 yoshli Robin Bertranga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun raqibini 6/2, 6/7(4), 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Sultonov 9, Bertran 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Robinda ko'proq bo'ldi - 4 ga 2!  

Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. SHu yilning 24 aprel kuni SHarm El-SHeyx M25 turnirida Robin 1/6, 6/1, 6/4 hisobida g'alaba qozongan edi. Demak, hamyurtimiz o'sha mag'lubiyat uchun munosib revansh ola bildi.    

Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 264-o'rinni egallab turibdi. Robin Bertran esa 274-pog'onadan joy olgan. Bugun tennischimiz 1/8 finalda Rafael Kollinonga qarshi kortga chiqadi. Belgiyalik 22 yoshli iqtidor egasi ayni paytda dunyoning 199-raketkasi bo'lib turibdi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing