02 mar 19:01
Yangiliklar

Rafael dos Anos: "Maxachev chempionlikka loyiq emas"
“To'g'risini aytsam, Maxachev chempionlikka ega bo'lishi kerak deb o'ylamayman. Xa! U ketma-ket 10 ta g'alabaga erishdi. Lekin, uning mag'lub qilgan raqiblarini ko'ring. Islam kuchli raqiblar bilan kurashmagan. U Beneil Dariushga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo, u jarohat oldi. SHuning uchun, Maxachev chempionlikka loyiq emas deb hisoblayman», - deya dos Anosning so'zlarini keltiradi MMAFighting.
O'tgan hafta oxirida bo'lib o'tgan UFC Vegas 49 turnirida Maxachev amerikalik Bobbi Grinni texnik nokaut bilan mag'lub etgandi. Bu Islam uchun aralash yakkakurashlarda 22 g'alabasi bo'ldi.
Dos Anos o'zining so'nggi jangini 2020 yilning noyabr oyida o'tkazgandi va amerikalik Pol Felderni mag'lub etgandi. Rafael dos Anos aralash yakkakurashlarda 43 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 30 tasida g'alaba qozongan va 13 tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Fikrlar