17 apr 20:29
Yangiliklar

Rahmatjon Ro'zioxunov: "Bokschilarimiz hozirda o'zlarining eng yaxshi sport formalaridalar"
Tayyorgarliklar yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. Bir necha vazn toifasida yangi sportchilarni sinovdan o'tkazmoqchimiz. Oldimizda jahon chempionati va Olimpiya o'yinlari turibdi. Ertaga bazi tashkiliy masalalarga aniqlik kiritiladi. Sportchilarimiz bahslarga birdamlik bilan, jiddiy hozirlik ko'rishmoqda. SHuningdek, Tailand ob-havosiga ham ko'nikib bormoqdamiz. Ertaga oxirgi mashg'ulotlarimiz o'tkaziladi. 19 apreldan dastlabki janglar boshlanadi.
O'ylaymanki, bokschilarimiz ayni paytda o'zlarining eng yaxshi sport formalaridalar. Sportchilarni bir yil mobaynida yuqori sport formasida ushlab turish qiyin va amalga oshirish deyarli imkonsiz masaladir.
Oldimizda to'rtta xalqaro turnir bor. O'sha musobaqalarda biz boshqa sportchilarimizni ham sinab ko'ramiz", - dedi Rahmatjon Ro'zioxunov.
Fikrlar