So’nggi yangiliklar

14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0 10:45Алекс Перейра қачон навбатдаги жангини ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 10:02UFC 316. Двалишвили муддатидан олдин ғалаба қозонди ва камарини муваффақиятли ҳимоя қилди 0 09:23UFC 316 турнирининг co-main event жанги муддатидан олдин якунланди 0 08:57Дембеле жароҳат олди 0 19:30Фрэнсис Нганну UFC’га қайтиши мумкин 0 19:05Делла Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0

22 iyu 18:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Rahmatjon Ro'zioxunov: “Olimpiadaga shunchaki bormoqchi emasmiz”

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga ham tobora oz fursat qolmoqda. Licenziyaga ega bo'lgan barcha sportchilarimiz shu kunlarda bor etiborlarini tayyorgarlikka qaratishgan.

Olimpiya o'yinlarida boks bo'yicha ilk bor ayollar o'rtasida Yodgoroy Mirzaeva to'rt yillikning eng nufuzli sport musobaqasida qatnashish xuquqini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor. Rahmatjon Ro'zioxunov boshchiligidagi “ixcham” jamoa yig'inni CHorvoq sport bazasida olib bormoqda. Biz ushbu yig'in yuzasidan tajribali mutaxassis bilan muloqotda bo'ldik. 

- 10 iyundan tog'da mashg'ulotga kirishgan edik, - deya so'z boshladi murabbiy. – Barchasi reja asosida ketyapti. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapmiz. Bu erda asosan umumjismoniy tayyorgarlikka etibor qaratganmiz. Rejamizdan kuchga ishlash, jismoniy mashqlar, 10 km yugurish, yuqoriga chopish, kunora 500, 1000 metrga suzish, sauna kabi mashg'ulotlar o'rin olgan. Yodgoroyga sportchilarimizdan biri Tursunoy Rahimova yordam beryapti. Murabbiylardan Kamoliddin Mutalov, Dilmurod Hasanov, shifokorimiz Lola opa barchamiz bir jamoa bo'lib, yig'in o'tkazyapmiz. Federaciyamiz tomonidan barcha sharoitlar alo darajada yaratib berilgan.

- Rahmatjon aka, nima uchun erkaklar terma jamoasi bilan birga mashg'ulot o'tkazmayapsizlar. Hamkorlikda ishlash foydaliroq bo'lmaydimi?

- Bilasiz, ular uch daqiqadan uch raund jang olib borishadi. Biz esa to'rt raund ikki daqiqadan ishlaymiz. SHu bois bizning tayyorgarlik rejamiz o'zgacha tartibda tuzilgan. Yuklamalar ham ularnikidan tubdan farq qiladi.

- Yodgoroy avvallari 60 kg vaznda ringga chiqardi. Olimpiadaga esa 51 kgda yo'llanma oldi. Vazn borasida qiyinchiliklar yo'qmi?

- Yo'q desam ham bo'ladi. Hozirda uning vazni 54 kg atrofida. Bu juda yaxshi. Ovqatlanishi yuzasidan ham maxsus dastur tuzilgan. SHu sababli bu borada muammo yo'q. Rioga borganda, bir-ikki kilogramm ortiqcha vazndan voz kechish qiyin emas. Men Yodgoroyga ishonaman, u juda ham matonatli qiz. 

- Ikkinchi yig'in qaerda va qay tarzda davom etadi?

- 25 iyundan 1 iyulgacha qisqa tatil qilamiz. Undan so'ng Farg'onadagi boks zalida ikki haftalik yig'in o'tkazamiz.

- Nima uchun aynan vodiy tanlandi?

- Rejaga ko'ra, sekin-sekin issiq iqlimga ko'nikib borishimiz kerak. Braziliyada qanday ob-havo hukmronligini yaxshi bilasiz. Mana hozir shundoqqina CHorvoq suv ombori yonidamiz. Juda bahavo joy. Bu erda ishlab charchamaydi, odam. Undan so'ng shunga o'xshash vodiy iqlimiga tushib, tayyorgarlikni davom ettirish istagidamiz.

- Farg'onada ko'proq qanday mashqlarga etibor qaratiladi?

- U erda asosan tezlik va sparing o'tkazamiz. Yoshlar va erkaklar terma jamoasidan 12 nafar sportchi bizga yordam beradi. Ular bilan to'rt raunddan sinov janglari o'tkaziladi. Har bir raundda raqiblar almashtirib turiladi.

- Rahmatjon aka, nega horij yig'inini tashkil etmadinglar?

- O'tkazdik.

- Qachon?

- Qozog'istonda o'tgan ayollar o'rtasidagi jahon chempionati chog'ida. Garchi Yodgoroy olimpiya o'yinlari yo'llanmasini Xitoyda qo'lga kiritgan bo'lsada, uni ham Qozog'istondagi musobaqaga olib borib, o'n kun davomida yig'in o'tkazdik. Rossiya, Xitoy, SHveciya, Qozog'iston kabi o'nga yaqin davlat sportchilari bilan sparring ishladi. Janglarning barchasini suratga olganmiz. SHu kunlarda ana shu jang video tasmalarini ko'rib, kamchiliklari ustida ish olib boryapmiz.

- Ishning borishidan kelib chiqib aytish mumkinki, maqsad juda ham jiddiyga o'xshaydi?

- Boshida biz uchun olipmiya o'yinlarida qatnashishning o'zi kifoya edi. Musobaqalar, raqiblarni o'rganish, Yodgoroyning imkoniyatidan kelib chiqib, niyatimiz jiddiylashib bormoqda. Aytishadiku, ishtaha ovqat vaqtida keladi, deb. Ajab emas, qurada ham omadimiz kelib, ishlarimiz risoladigidek boshlansa, biz ham xalqimizni xursand qilardik. Axir tarixda sharq ayollari qanday qahramonliklar ko'rsatganini butun dunyo  biladi-ku! Yodgoroy biz doim faxrlanadigan To'marislarning vakili sifatida ringga chiqishini xohlayapmiz.

- Braziliyaga qachon yo'l olasizlar?

- Iyul oyining uchinchi o'n kunligida erkaklar terma jamoasi bilan birga Rio-de-Janeyroga borishimiz ko'zda tutilgan. U erga musobakadan o'n kun avval borib, iqlimga moslashamoqchimiz.

- Samimiy suhbatingiz uchun tashakkur.


Ulug'bek Hakimjonov suhbatlashdi, o'z muxbirimiz


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing