So’nggi yangiliklar

12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0 07:57UFC on ESPN 72 турнирининг барча жанглари натижаси битта хабарда + ФОТО 0

15 apr 08:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Rahmatjon Ro'zioxunov va Dilshod Kazakovni tabriklaymiz

Bugun o'zbek boks oilasining ikki azosi o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ular - O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov va AIBA shifokori Dilshod Kazakovdir. 

Malumot uchun, Rahmatjon Ro'zioxunov 1968 yili tavallud topgan. 2015 yildan buyon O'zbekiston terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy» unvoni sohibi. 

Terma jamoa murabbiyi sifatida Rio Olimpiadasida, Osiyo o'yinlarida, uch marotaba jahon chempionatida, ikki marta Osiyo chempionatida ishlagan. www.olamsport.com sayti talqiniga ko'ra 2019 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 

Dilshod Kazakov 1972 yili tug'ilgan. Toshkent medecina institutida tahsil olgan. Sport shifokori sifatidagi faoliyatini 1998 yilda boshlagan. O'z vaqtida futbol sohasida shifokor sifatida ishlagan. 2000 yildan hozirgi kungacha boks yo'nalishida faoliyat olib boradi. 2011 yildan AIBA tibbiy komissiyasi azosi. 2019 yildan Osiyo boks konfederaciyasi tibbiy komissiyasi raisi. 2018 yilda qitaning eng yaxshi texnik mutaxassisi.

4 marotaba Olimpiya o'yinlari, 4 marotaba Osiyo o'yinlarida ishlagan. 

Fursatdan foydalanib, Olamsport.com sayti xodimlari va muxlislari nomidan tajribali mutaxassislarimizni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz. Ularga sog'lik-salomatlik, sharafli va mashaqqatli kasbda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing