13 iyu 17:20
Yangiliklar
Ramazon Temirov: "Jang sanasi aniq bo'lishini kutyapman"
"Alhamdulillah, yaxshi formadaman. In SHa Alloh jang sanasi aniq bo'lishini kutyapman. Menga berilgan Allohning sinovlarini chiroyli sabr bilan engib o'taman va sizlarni ajoyib g'alabalar bilan yana xursand qilaman. Azizlarim, duoda bo'ling. Men har qanday holatda ham, har qanday raqiblarga qarshi jang qilishga tayyorman", deya quyidagi suratni izohladi Temirov.
Malumot o'rnida, 27 yoshli Ramazon Temirov hozirga qadar prof faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini 2023 yil sentyabr oyida RIZIN 44 turniri doirasida yaponiyalik Takaki Soyaga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. SHundan so'ng, Temirov jamoasi RIZIN bilan shartnoma bekor bo'lganini elon qilgan edi.
Fikrlar