04 mar 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov UFC reytingida Top-15`ga kirib oldi
Bugun barcha vazn toifalarida yangilangan UFC reytingi elon qilindi.
Kutilganidek, hamyurtimiz Ramazon Temirov ketma-ket ikkinchi g'alabasi evaziga yangilangan reytingda Top-15`da debyut qildi. U 13-o'rinda qayd etildi. Aralash yakkakurash ustamizga imkoniyatni boy bergan amerikalik CHarlz Jonson 12-o'rindan 15-pog'onaga pastladi.
Ramazon Temirov g'alaba qozongan oqshomning markaziy jangida yutqazgan qozog'istonlik Asu Almabaev bir pog'onaga pastlab, 9-o'ringa joylashdi. O'ta engil vazn toifasida Aleksandr Pantoja chempion, Brendon Royval esa reytingning birinchi pog'onasini band etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar