18 mar 13:31
Yangiliklar

Ramazon Temirov vazn reytingi yangilandi, u mag'lub etgan Jonson ko'tarildi
Jumladan, Ramazon Temirov o'z janglarini o'tkazib kelayotgan o'ta engil vazn toifasi reytingida ham o'zgarishlar ro'y berdi. Xususan, UFC 313 turniridagi g'alabasidan bir hafta o'tib, Joshua Van Top-15 reytingida debyut qildi. Ayni paytda u 3 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Van UFC promoushenida 6 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Joshua o'zining Ligadagi debyut jangida qozog'istonlik Jalgas Jumagulovni mag'lubiyatga uchratgandi.
Hamyurtimiz Ramazon Temirov 13-o'rinda qoldi. Oxirgi jangida aynan Ramazonga yutqazgan amerikalik CHarlz Jonson bir pog'onaga yuqorilab, 14-o'ringa joylashdi. Yaqindagina chempionlik jangida oktagonga chiqqan yaponiyalik Kay Asakura esa Top-15`talik reytingdan chiqib ketdi.
Fikrlar