So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

30 sen 11:11
Yangiliklar

Futbol

Ramos "Barsa" bilan o'yinda gol urishni juda qattiq xohlagandi - u g'alaba to'pini kiritdi. Biroq...

Assistentlik vazifasida esa Serxioning o'zi etti yil avval "El Klasiko" arafasida maydonga qo'lidan ushlab tushgan yigitcha edi.

"Barselona" va "Sevilya" bellashuvi ko'pchilik tomonidan Serxio Ramosning azaliy raqibga qarshi yana bir "jangi" sifatida ham kutilgandi. Futbolchining o'zi ham intrigani oshirish maqsadida quyidagicha fikr bildirgandi: "Umid qilamanki, "Sevilya"ga qaytganimdan keyingi ilk golimni "Barsa" bilan o'yinda uraman. Golni qanday nishonlashni ham o'ylab qoldim va bu barcha uchun yoqimli bo'lar edi".

Serxio chindan gol urishni uddaladi, qo'shimchasiga u kiritgan to'p – g'alabani taminladi. Biroq... Bu gol o'z klubi darvozasiga urilgandi. Bellashuvning 76-daqiqasida "Barselona"ning yosh iqtidori Lamin Yamal qanotdan to'pni jarima maydonchasi tomon yo'lladi, Ramos esa beo'xshov harakati bilan to'pni darvozaga burib yubordi. Darvozabon bu vaziyatda bir nima qilishga ojiz edi.

● Bu Serxio Ramosning La Ligadagi bor yo'g'i uchinchi avtogoli. Bungacha u hali "Real"daligida avtogollar urgan – qizig'i, har ikki safar ham raqib "Sevilya" bo'lgandi.

● Ramos faoliyati davomida "Barselona"ga 5 ta gol urgan – bu himoyachi faoliyatidagi uchinchi natija. Kataloniyaliklardan ko'proq Serxiodan "Atletik" va "Atletiko" (6 tadan gol) va "Sevilya" (7) aziyat chekkan.

● Ramos "ko'k-anorranglilar"ga qarshi 48 bor maydonga tushgan – faoliyatida eng ko'p duch kelgan raqib.

Yana bir etiborga loyiq syujet: avtogolga uzatmani 16 yoshli Lamin Yamal etkazib berdi. "Barselona" vunderkindi 2016 yil "El Klasiko"da ishtirok etgan – o'yin avvalida futbolchilar bilan birga yosh bolakaylar maydonga tushadiku. O'shanda maydonga uni aynan Serxio Ramos boshlab tushgandi. Endilikda Ramos va Yamalni golli kombinaciya ham birlashtirib turadi.

Serxioning goli Xavi jamoasiga mavsumdagi 9-o'yinda 7-g'alabani taqdim etdi. Dam olish kunlarini "Barselona" La Liga etakchisi sifatida qarshi oladi, lekin bugun "Jirona" ham, "Real" ham raqibiga etib olishi va quvib o'tishi mumkin – raqobatchilar o'zaro ro'baro keladi.


Omonjon To'xtamirzaev 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing