15 okt 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramzan Kadirov Emelyanenkoning qiziga hujum qilgan “shayton”ni shavqatsiz jazolashga chaqirdi
CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov Fedor Emelyanenkoning qiziga uyushtirilgan hujumga o'z munosabatini bildirdi.
Uning so'zlariga qaraganda, hujum qilgan “shayton” shavqatsiz tarzda jazolanishi kerak. Bu esa boshqalar uchun saboq bo'lishi lozim. Bir necha kun avval Emelyanenkoning 16 yoshli qiziga ko'chada hujum uyushtirilgandi.
Aniqrog'i, nomalum kimsa Moskva ko'chalarining birida qizning ko'krak qismiga bir bor zarba berib, voqea joyidan g'oyib bo'lgan edi. Ayni paytda Moskva huquqni muhofaza qilish organlari bezorini izlashyapti.
Ramzan Kadirov har qanday holatda ham, qancha mablag' sarflansa ham, jinoyatchini topish va jiddiy tarzda jazolashga chaqirdi. Yaqin atrofdagi kamera bosqinchi kavkazlik emas, aksincha slavyan millatiga mos kishi ekanligini qayd qilgan.
Havola :
Fikrlar