09 dek 14:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/24362_220.jpg)
Ramzan Qodirov: “Meyvezer Grozniydan uy qidiryapti”
CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan uchrashdi.
Ramzan Axmatovichning so'zlariga qaraganda, Meyvezer Rossiya pasportiga ega bo'lish hamda Grozniydan uy sotib olish istagida ekan.
“Grozniyga qadrli do'stimiz, afsonaviy engilmas bokschi Floyd Meyvezer tashrif buyurdi. Uning 50ta jangda 50ta g'alabaga erishgani Floydning qanday toifadagi sportchi ekanligini ko'rsatib turibdi.
U menga Rossiya fuqaroligini olish istagida ekanligini aytdi. SHunday bo'lgan taqdirda, Meyvezer Moskvadan emas, aksincha Grozniydan uy xarid qilmoqchi”, - dedi Qodirov.
Havola :
Fikrlar