14 noy 10:53
Yangiliklar
Futbol
Raneri "Roma"ga kelayotganini tasdiqladi. Tez orada klub murabbiyni tanishtiradi
Italiyalik mutaxassis tez orada "bo'rilar" bosh murabbiyiga aylanadi.
73 yoshli murabbiy tez orada "Roma" klubiga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Taniqli insayder Fabricio Romano ham murabbiy va klub barcha hujjatlarni imzolab bo'lganini malum qildi. Klaudio Ranerining o'zi ham "Roma"ga kelayotganini tasdiqladi.
"Qiyin topshiriq? Aynan shuning uchun ham "Roma" meni tanladi. Biz tayyormiz, "Roma"ga ketyapmiz", -deydi Klaudio Raneri.
Malumot uchun, Klaudio Raneri 2009-2011 va 2019 yillarda "Roma"da faoliyat olib borgan.
Havola :
Fikrlar