15 jan 20:06
Yangiliklar
Futbol
Rangnik seshanba kuni MYU bazasiga keldi, ammo u erda hech kim yo'q edi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik xatolik sabab seshanba kuni jamoaning Karringtondagi bazasiga keldi.
Manchesterliklar dushanba kuni Angliya Kubogi 3-bosqich doirasida "Aston Villa" (1:0)ni mag'lubiyatga uchratishdi va 63 yoshli nemis futbolchilarga keyingi kun uchun dam berdi.
Ammo, Rangnik buni esdan chiqargan ko'rinadi.
Seshanba kuni ertalab bazaga kelgan murabbiy mashg'ulot kompleksiga kirish oldida futbolchilarni koronavirusga testdan o'tkazadigan shifokorlar guruhini kutgan edi. Ammo, Rangnik u erda hech kimni topa olmadi.
"U o'z mashinasidan qo'ng'iroq qildi va shifokorlar qaerdaligini so'radi. Unga o'yinchilarga dam berilganini eslatishdi va u ketdi. Bu bazadagi eng ko'p muhokama qilingan mavzu bo'ldi, futbolchilar bu haqda hazil qilishdi", - deyiladi manbada.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar