19 apr 11:19
Yangiliklar
Futbol
Rangnik Pogbaning ro'za tutayotgani haqida gapirdi
“Manchester Yunayted” ustozi Ralf Rangnik bugungi “Liverpul”ga qarshi o'yin oldidan ro'za tutayotgan Pol Pogba haqida fikr bildirdi.
“U professional futbolchi sifatida bunga ko'nikkan. U bilan bu haqda gaplashmadim, bu uning o'yiniga tasir qilmaydi. Bilishimcha, u ro'za tutadi, ammo aytganimdek, bu haqda u bilan shaxsan gaplashmaganman.
Boshqa klublarda ham ro'za tutadigan o'yinchilar ko'p. “Liverpul”da kamida bir futbolchi ro'za tutishini bilaman, u shogirdim bo'lgandi. Bu Ibrohim Konate”, deydi nemis mutaxassisi.
Eslatib o'tamiz, APL 30-turi doirasida qoldirilgan “Enfild”dagi bahs 20 aprelga o'tar kechasi 00:00 da start oladi.
Havola :
Fikrlar