02 avg 07:17
Yangiliklar

Rapqon qishlog'ida boks bo'yicha xalqaro turnir o'tkaziladi
Har yili ananaviy tarzda o'tkazilayotgan mazkur musobaqa joriy yilda 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlab, “Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” shiori ostida tashkil etilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va mamlakat boks federaciyasi hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqaga Rossiya, Polsha, Moldova, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlari hamda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 250 nafardan ortiq bokschilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqada ishtirokchilar 18 ta vazn toifasida ringga ko'tariladilar.
Malumot uchun, Rapqon boks maktabi tarbiyalanuvchilari yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilib kelishmoqda. SHohjahon Ergashev, Murodjon Yoqubov va Aziz Rahmonov kabi mashhur bokschilarimiz ushbu maktab tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.
Fikrlar