01 apr 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Raqibini tishlab olgan Ali licenziyasidan mahrum qilindi
Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi 27 yoshli bokschi Kesh Ali bokschilik licenziyasi, yani guvohnomasidan mahrum bo'ldi.
Ali ikki kun avval o'tkazilgan jangda raqibi Devid Praysni tishlab olgandi. Buning natijasida referi jangni beshinchi raundda to'xtatib, Kesh Alini diskvalifikaciya qilgan edi.
Bundan tashqari, boksni nazorat qiluvchi Britaniya uyushmasi Ali uchun beriladigan gonorarni ham muzlatib qo'ydi. Ushbu summa taxminan 20 000 funt sterling edi. Bu hali hammasi emas, uni boksdan ikki yillik chetlatish ham kutmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar