15 jan 10:51
Yangiliklar

Rasman. 16 fevral kuni Toshkent katta professional boks kechasi o'tkaziladi
O'zbekiston professional boks federaciyasi hamda mamlakatimizdagi eng katta SAFPRO promouterlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu boks kechasining o'tkazilishi rasman tasdiqlandi.
Unga ko'ra, 16 fevral kuni poytaxtimizdagi muhtasham "O'zbekiston" sport majmuasida boks ixlosmandlari yurtimizning ko'zga ko'ringan charm qo'lqop ustalari ishtirokidagi janglardan bahramand bo'lishadi.
SHu kuni Doston Turdiev, Jaloliddin O'ktamov, Olim Nazarov, Ravshan Xudoynazarov singari bokschilarimiz ringga ko'tariladi. Boks oqshomidan bir nechta chempionlik kamari uchun o'tkaziladigan janglar ham o'rin olgan.
SHuningdek, mazkur boks kechasida taniqli MMA jangchimiz Nursulton Black Ro'ziboev ham o'zining aralash qoidalar bo'yicha navbatdagi jangini o'tkazadi. Avval xabar berganimiz, Hasanboy Do'smatovning ilk professional jangini o'tkazishi hozircha nomalum bo'lib turibdi.
Fikrlar