So’nggi yangiliklar

13:39Конкур бўйича Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 13:15Тошкентда йирик профессионал бокс оқшоми ўтказилади 0 12:51МЮ 60 миллионга олган футболчисини сотишга тайёр 0 12:30Нурсултон Рўзибоев American Top Team'да шуғулланяпти (ФОТО) 0 12:09Винсент Кеймер чемпион бўлган Grenke Freestyle Chess Open турнирида ҳамюртларимиз қандай натижалар қайд этишди? 0 11:42Осиё чемпионати: Кундузги дастурда икки боксчимиз финал чиптасини ҳал қилди, Нигина Ўктамова мусобақани бронза медали билан якунлайдиган бўлди 0 11:13Пролига. Бугун 1-тур якунланади 0 10:52UFC Қозоғистонга шу йилнинг ўзидаёқ кирмоқчи 0 10:31Осиё чемпионати: Ботиров ва Цицуашвили олтин учун гиламга чиқади, яна уч курашчимизда бронза медали учун имкон бор 0 10:10Азизбек Темиров жанг қиладиган RIZIN турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:49Sofascore. "Башакшеҳир" дуранг ўйнади. Шомуродов неча баҳо олди? 0 09:28Эркебулан Токтар жангни сотгани ҳақидаги гап-cўзларга жавоб қайтарди 0 09:00Полина Кудерметова Мадридда муваффақиятли старт олди 0 08:32Осиё чемпионати. Бугун 6 нафар ўзбекистонлик боксчи ярим финалда рингга кўтарилади 0 08:07Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади 0

07 avg 03:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman: Ahmadaliev - Roman jangi tasdiqlandi, o'rtaga WBA va IBF kamarlari qo'yiladi FOTO

Teglar :  BoksAhmadalievRoman
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Murodjon Ahmadaliev chempionlik kamari uchun jang o'tkazadi.

Xabar berganimizdek, ushbu kutilgan chempionlik jangi 13 sentyabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida bo'lib o'tadi. Malumot har ikki bokschining promouter hamda menejerlari tomonidan rasman tasdiqlandi. 

Janglarni qayd etib boruvchi dunyoga mashhur boxrec.com saytida Ahmadaliev - Roman to'qnash keluvchi boks oqshomi rasmiy ravishda o'z tasdig'ini topgan. Hozirda bu engil vaznda amerikalik Daniel Roman WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turibdi.

WBA reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Ahmadaliev rasmiy davogar sifatida 29 yoshli Romanga qarshi ringga ko'tariladi. O'rtaga shuningdek, Danielga tegishli IBF kamari ham qo'yiladi. Murodjon prof boksdagi ettinchi jangidayoq bir yo'la ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ldi. 

Malumot uchun, 24 yoshli Murodjon Ahmadaliev professional boksdagi debyutini 2018 yilning 10 mart kuni nishonlagan. Oltita jangning barchasida g'alaba qozongan. Beshta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

2010 yili prof ringda debyut qilgan Roman esa shu kungacha 30 ta jang o'tkazgan. Hisobida 27 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va bitta durang bor. O'nta jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. So'nggi bor 2013 yilning 18 oktyabr kuni mag'lubiyatga uchragan. 

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
07 avg 09:35:36
Jalol Axmedov
kechaning asosiy jangi 61 kg vanznda WBC elimination Zaur Abdullayev vs David Hayne jangini qoʻyishibdi jang gʻolibi Lomachenko vs Cambell jangi gʻolibiga qarshi jang qilar ekan. Menimcha oddiy elimitationdan kora bu 2 ta kamar uchun jangni asosiy jangga qoʻyishsa boʻlardi(((
+1   
07 avg 07:56:22
Dilshot Solihov
Shu kechada shuningdek Isroyil Madrimov o'zining to'rtinchi jangini o'tkassa kerak shuningdek Xasanboy Do'smatovdan prof bokisdagi dibyutinixam kutamiz.
   
07 avg 16:20:52
Ilhom Abdullayev
boksda aniq kubchli zarba kerak va juda tez xarakat talab qilinadi. ko'p xolarda shoshmasdan texnikaga ishonib sekin xarakat qilish alamli mag'lubiyatlarga obkeladi. bokisda sen tez xarakat qilmasang seni tez ringa yiqitishadi. Jahon bokisida juda tez xarakat qiladigan bokchilari omadi chopgan pakyo va meyvezr juda tez chaqon xarakat qiladigan bokschilar. Shoshmasdan tehnikaga ishonib sekn bxarakat qiladigan bokchilarni kelajagi yo'q. Boks bu raqibga tezlikda kuchli zarba berib bosib o'tkazib sekunda ringa cho'zib tashlash deganday gap. Agar seni ringa cho'zib qo'yishadi.
   
07 avg 10:27:52
koba
Shu darajada yurishni uzi baxt kichli tayorgarlik shoshmasdan maqsadli zarbalar berish texnikani ishga solish boshqa keraksiz narsalar xaqida uylamaslik va galaba
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing