18 jan 10:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Alvares 4 may kuni birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqadi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni Saul Alvares navbatdagi jangini rasman may oyida o'tkazadi.
Aniqrog'i, meksikalik jahon chempioni 4 may kuni shu vaznda IBF yo'nalishi chempioni amerikalik Deniel Jeykobsga qarshi ringga ko'tariladi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida bo'lib o'tadi.
“Keyingi jangim haqida anons berishdan juda ham xursandman. Deniel Jeykobsga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqaman. Mutloq jahon chempioni bo'lish yo'lidagi navbatdagi qadamni tashlayman. G'alabamga shubha qilmayman”, - dedi Alvares ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar