07 fev 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Alvares - Jeykobs jangining manzili malum bo'ldi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni meksikalik Saul Alvares hamda IBF chempionlik kamari sohibi amerikalik Deniel Jeykobs o'rtasida o'tkaziladigan superjang manziliga oydinlik kiritildi.
Unga ko'ra, birlashtiruvchi chempionlik jangi 4 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi dunyoga mashhur “T-Mobile Arena”da bo'lib o'tadi.
“Men bu arenada bir nechta jang o'tkazganman. Yana bir bor Las-Vegasda ringga chiqishdan baxtiyor bo'laman. CHempionlik kamalarimni yana bittaga ko'paytirib olish imkoniyatini qo'ldan chiqarmayman”, - dedi Alvares.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar