30 iyu 17:20
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi APLga qaytdi
"Bayer" va SHveycariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini APLda davom ettiradi.
"Sanderlend" o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Granit Jaka transferini elon qildi. SHveycariyalik yarim himoyachi "qora mushuklar" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Bayer" o'z futbolchisi uchun "Sanderlend"dan 20 million evro oladi. Jaka 2023 yildan Leverkuzenda o'ynadi va Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi. U jami 99 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Aytish joizki, shveycariyalik Angliya chempionatini juda yaxshi biladi. Avvalroq u "Arsenal"da o'ynab, ikki marta Angliya Kubogini yutgan va Superkubok egasiga aylangan.
Havola :
Fikrlar