06 dek 12:19
Yangiliklar

Rasman. Boks bo'yicha JCH-2019 mezbon shahri tasdiqlandi
Bu galgi jahon chempionatiga Rossiyaning Ekaterinburg shahri mezbonlik qiladi. Bu haqdagi qarorga Sverdlovsk viloyati taklifi bo'yicha Rossiya boks federaciyasi kelgan.
Aslida jahon chempionati o'tgan yilning iyul oyida tasdiqlanganidek Rossiyaning boshqa bir shahri - Sochida o'tkazilishi kerak edi. Lekin biroz kutilmaganda qaror o'zgardi. Ammo, mezbon davlat o'z kuchida qoldi.
“Bizda katta musobaqalarni o'tkazish bo'yicha boy tajriba bor. Boks bo'yicha jahon chempionatini ham yuqori saviyada tashkil eta olamiz. Buning uchun barcha sharoitlar bor”, - dedi Sverdlovsk viloyati gubernatori Evgeniy Kuyvashev.
Tez orada Xalqaro havaskorlar boks associaciyasi (AIBA) jahon chempionatining aniq sanasini elon qiladi. Musobaqaning o'zi “Ekaterinburg-EKSPO” xalqaro ko'rgazmalar zalida o'tkaziladi.
Fikrlar