29 mar 11:57
Yangiliklar

Rasman: Braziliya terma jamoasida istefo!
"Braziliya futbol konfederaciyasi Dorival Junior endilikda Braziliya milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilmasligini malum qiladi. Rahbariyat murabbiyga kelgusi faoliyatiga omad tilaydi. Ayni damda tashkilot milliy terma jamoa uchun murabbiy izlash ishlarini boshlab yuborgan", - deb yoziladi bayonotda.
Braziliya termasi mart oyidagi FIFA kunlarida JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Kolumbiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Keyin Argentinaga yirik 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rahbariyat ushbu mag'lubiyatga qadar ham murabbiyning ishidan qoniqish hosil qilmayotgan edi.
Braziliyalik mutaxassis 2024 yil yanvar oyida terma jamoa boshqaruvini qo'lga olgandi. SHundan buyon uning murabbiyligida terma jamoa 16 o'yinda 7 tadan g'alaba va durang, shuningdek 2 ta mag'lubiyat qayd etdi. Amerika Kubogida uning jamoasi chorak finaldayoq ishtirokini yakunladi.
Fikrlar