14 iyu 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: CHisora - SHpilka jangi tasdiqlandi
20 iyul kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning anderkad jangi superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamarlari uchun sobiq davogarlar - britaniyalik 35 yoshli Derek CHisora hamda polshalik 30 yoshli Artur SHpilka o'rtasida o'tkaziladi.
CHisora o'tgan yili hamyurti Dillian Uaytga yutqazganidan keyin bitta g'alabaga erishdi. SHpilka esa AQSHda qabul qilib olgan ikkita mag'lubiyatidan so'ng o'z yurtida ikki bor zafar quchdi. Kechaning markaziy jangida britaniyalik Dillian Uayt kolumbiyalik Oskar Rivasga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar