So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

29 apr 09:28
Yangiliklar

Futbol

Rasman: Futbolda inqilob! Endi og'zini yopib haqorat qilgan va maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi

Teglar :  FIFAIFAB
Xalqaro futbol associaciyalari kengashi (IFAB) FIFA tomonidan taklif etilgan ikkita muhim o'zgarishni rasman tasdiqladi.

Ushbu yangi qoidalar JCH-2026 turniridan boshlab qatiy qo'llaniladi.

Yangi qoidalarga ko'ra:

Og'izni yopish taqiqlanadi: Konflikt vaqtida raqib futbolchisiga qarata og'zini qo'li yoki libosi bilan yopib, nimadir degan o'yinchi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolanishi mumkin. Bu chora maydondagi kamsitish va haqoratlarga qarshi kurashish maqsadida joriy etilmoqda.

Maydonni tark etish uchun jazo: Hakam qaroriga norozilik sifatida maydonni o'zboshimchalik bilan tark etgan futbolchilar va ularni bunga undagan rasmiy shaxslar (murabbiylar) chetlatiladi.

Texnik mag'lubiyat: Agar jamoaning noroziligi sababli o'yin to'xtab qolsa, o'sha jamoaga avtomatik ravishda texnik mag'lubiyat yoziladi.

Bunga nima sabab bo'ldi?

Yaqinda sodir bo'lgan ikkita yirik voqea ushbu qarorlarning tezlashishiga sabab bo'ldi. Birinchidan, "Benfika" vingeri Janluka Prestianni ECHL doirasida "Real" yulduzi Vinisiusga qarata og'zini yopib, "gomofobik haqoratlar" ishlatgani uchun 6 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Ikkinchidan, Afrika Kubogi finalida Senegal terma jamoasi hakam tomonidan Braim Diasga ishlatilgan fol uchun belgilangan penaltiga norozilik sifatida maydonni tark etgandi. Oqibatda Senegalga texnik mag'lubiyat (0:3) yozildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing