So’nggi yangiliklar

19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0 17:04Эркин курашчиларимиз Туркиядаги халқаро турнирда қатнашади, Разамбек ҳам таркибда 0 16:17Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги санаси маълум бўлди 0 15:36Возинья, Кукурелья, Олисе, Мбаппе, Месси… ФИФА ЖЧ-2026 рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 15:01Магомед Анкалаев Богдан Гусков билан жангни «машғулот» деб атади 0 14:33Осиё чемпионати. Синхрон сузиш баҳсларида 2 та олтин медал қўлга киритилди 0 13:58Бивол Бетербиевга қарши жанг учун WBO чемпионлик камарини бўшатиши мумкин 0 13:27Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Ўйинларида қийин гуруҳдан жой олди 0 12:48Богдан Гусков Анкалаев билан жанг тўғрисида: "Бу мен учун навбатдаги имтиҳон" 0 12:05Ганбол бўйича аёллар термамизнинг Осиё ўйинларидаги рақиблари аниқланди 0 11:27Анкалаев Гусков билан жанги ҳақида: «У барчасини тушуниб етади» 0 10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0

18 dek 14:08
Yangiliklar

Futbol

Rasman: Futzal va sohil futboli uchun alohida federaciya ochiladi

Teglar :  Futzal
O'zbekiston futzal terma jamoasining yurtimiz mezbonlik qilgan Jahon chempionatidagi ishtiroki O'FA rahbariyati tomonidan tanqidiy ruhda ko'rib chiqilgandi.

Mazkur natija futzalni rivojlantirish va ommalashtirishning yangi mexanizmini ishlab chiqishni talab etardi.

Noyabr oyi davomida O'FA mazkur masalani to'liq o'rganib chiqib, 2025 yildan boshlab bu borada qanday amaliy ishlar olib borilishi yuzasidan yakuniy qarorga keldi. Uning dastlabki bosqichida professional va havaskorlar futzalni hamjihatlikda rivojlantirish, shu asosida mamlakat terma jamoalarini shakllantirish, chempionat o'yinlarida raqobatni kuchaytirish, klublar darajasini oshirish lozimligi qayd etildi.

Bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirilganini 2000 yillar avvalida tuzilgan Futzal associaciyasi misolida eslab o'tish mumkin. O'shanda associaciyasining faol tashabbuslari natijasida yurtimizda futzal jadallik bilan rivojlangan va natijalar yaxshilangan.

O'FA Ijroiya qo'mitasining joriy yil 12 dekabr sanasidagi yig'ilishi bayoniga asosan, mamlakat futzali va sohil futboli uchun javobgar alohida tashkilot (federaciya) tuzish masalasi belgilandi. Ayni vaqtda O'FA tegishli tartibda uni tashkil etish va davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirmoqda. Bu masalaga oid barcha tafsilotlar O'FA rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing