24 sen 15:49
Yangiliklar

Rasman. Fyuri - Klichko revansh jangi yana qoldirildi
Superog'ir vazn toifasida IBO, WBA hamda WBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan britaniyalik Tayson Fyurining yana jarohat olgani rasman tasdiqlandi.
SHifokorlar tibbiy ko'rikdan so'ng Fyuriga jang o'tkazish uchun ruxsat bermadi. Revansh jangi 29 oktyabr kuni “Manchester-Arena”da o'tkazilishi kerak edi.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri o'tgan yilning noyabr oyida Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o'tkazilgan jangda Klichkoni mag'lub etib, ukrainalikning chempionlik kamarlarini tortib olgandi.
“Ming afsuski, revansh jangi yana qoldirildi. Tibbiy tekshiruv xulosasiga ko'ra, shifokorlar Fyuriga 29 oktyabr kuni jang o'tkazishga ruxsat berishmadi. Buning uchun, muxlislardan uzr so'rayman”, - deyiladi Hennessy Sports promouterlik kompaniyasi bayonotida.
Fikrlar