27 fev 14:03
Yangiliklar

Rasman. Fyurining navbatdagi jangi Uaylderga qarshi o'tkazilmaydi
WBC yo'nalishi chempioni bo'lib turgan amerikalik Uaylder hamda britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi jangning tez orada AQSHda tashkil etilishi haqida xabarlar berilgandi. Lekin WBC tashkilotining rasmiy Twitter sahifasida bu malumotni inkor etuvchi xabar chop etildi.
Unga ko'ra, Fyuri Uaylderga qarshi revansh oldidan yana bitta jang o'tkazishni maqsad qilgan. SHundan keyingina u Deonteyga qarshi WBC chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
BREAKING NEWS: @BronzeBomber vs @Tyson_Fury is officially not happening next. The @WBCBoxing has received communications as our process and while Wilder confirmed its willingness to fight the rematch, Fury will take on another fight with expectations to do rematch at a later date pic.twitter.com/vCkXwsQqCd — World Boxing Council (@WBCBoxing) February 26, 2019
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi o'rtasidagi ilk jang 1 dekabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida o'tkazilgan va unda durang natija qayd etilgan edi.
Fikrlar