11 iyu 11:22
Yangiliklar

Rasman. Gassievning superog'ir vazndagi ilk jangi va raqibi tasdiqlandi
Rossiyalik bokschi 27 iyul kuni AQSHning Texas shtati Arlington shahrida ringga ko'tariladi. SHimoliy osetiyalik bokschining raqibi asli kelib chiqishi polshalik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Joui Daveyko bo'ladi. Bu haqda Gassievning promouteri Eddi Xirn “Tvitter”dagi sahifasida xabar berdi.
Malumot uchun, 25 yoshli Murat Gassiev professional ringda 27ta jang o'tkazib, 26ta g'alabaga erishgan. Janglarning 19tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Yagona mag'lubiyatini ukrainalik Aleksandr Usikdan qabul qilib olgan.
Filadelfiyalik 29 yoshli Joui Daveyko esa prof ringda 30ta jang o'tkazgan. Hisobida 19ta g'alaba (11ta nokaut), 7ta mag'lubiyat bor. Yana 4ta jangda durang natija qayd etilgan.
Fikrlar