23 fev 12:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Golovkin - Alvares revansh jangi manziliga oydinlik kiritildi
Professional boksning o'rta vazn toifasi qirollari Gennadiy Golovkin (37-0-1, 33 KO) hamda Saul Alvares (49-1-2, 34 KO) o'rtasidagi revansh jangi manziliga rasman oydinlik kiritildi.
Unga ko'ra, qozog'istonlik uchta yo'nalish chempioni hamda meksikalik davogar bokschi o'rtasidagi takroriy jang 5 may kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida bo'lib o'tadi.
Etiborlisi, Golovkin va Alvares o'rtasidagi 16 sentyabr kuni bo'lib o'tgan ilk jang ham aynan shu arenada tashkil etilgan va o'shanda durang natija qayd etilgan edi. Revansh jangiga Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasi ham davogarlik qilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar